menu
Farg‘onada yo‘l chetida ketayotgan 5 kishini Cobalt urib yubordi
Ularning ikki nafari voqea joyida vafot etgan

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida Cobalt yo‘l chetida ketayotgan besh nafar piyodani urib yubordi

Hodisa 5-mart kuni kechki payt sodir bo‘lgan. 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt’da harakatlanib ketayotganida tajribasizligi sabab boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetida ketayotgan besh kishini urib yuborgan. So‘ng daraxtga borib urilib, to‘xtagan. 

Oqibatda ikki nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Qolgan uch nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!