menu
Farg‘onada fuqaro uyida dizel yonilg‘isini texnik talablarga zid ravishda sotayotgani aniqlandi  
Undan 640 litr dizel ashyoviy dalil sifatida olingan

Farg‘ona viloyatida dizel yonilg‘isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan. Bag‘dod tumani, “Do‘rmoncha” MFYda yashovchi  M.A. o‘z xonadonida texnik talablarga zid ravishda dizel yonilg‘isi sotayotgani maʼlum bo‘ldi. 

Undan 640 litr dizel yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan. Shuningdek, bu kabi holat Toshloq tumani, “Qaqir” MFYda yashovchi X.M. o‘ziga tegishli mashina yukxonasida texnik talablarga zid ravishda 700 litr neft mahsulotini tashish vaqtida ham aniqlandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!