menu
Farg‘onada Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib, qochib ketdi (video) 
“Jarima qimmatligidan jahlim chiqib so‘kindim va ratsiyasini olib ketdim”, — deydi haydovchi

Farg‘ona shahrida Damas haydovchisi YPX xodimining ratsiyasini olib, qochib ketdi. Viloyat IIB holat yuzasidan maʼlumot berdi

Unga ko‘ra, mazkur videotasvir va undagi holatlar Farg‘ona viloyat IIB tomonidan to‘liq nazoratga olindi. Jamoat joyida haqoratli so‘zlar bilan so‘kinib, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzgan, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmagan hamda IIO xodimiga tegishli maxsus vositani olib, ketib yuborgan fuqaro M.Sh. aniqlanib, ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinadi.

“Damasʼda qatnayman. Xodim keldi, hujjatlarimni ko‘rsatdim. Inspektor noto‘g‘ri parkovka qilinganini aytdi. Jarima qimmatligidan jahlim chiqib so‘kindim va ratsiyasini olib ketdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Boshqa takrorlanmaydi. Xodimlar va fuqarolardan harakatlarim uchun kechirim so‘rayman”, — deydi haydovchi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!