menu
Falastin hukumatidagi o‘zgarishlar: yangi hukumat qanday bo‘ladi? Siyosatshunos fikri
“Daryo” Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha mutaxassis Farhod Karimovning Falastin hukumatidagi o‘zgarishlar va Yaqin Sharqda yuz berayotgan voqealar rivoji haqidagi fikrlari bilan qiziqdi

Bugun, 26-fevral kuni prezident Mahmud Abbos boshchiligidagi Falastin maʼmuriyati isteʼfoga chiqishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Biroz vaqt o‘tib esa Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye isteʼfoga chiqishga ariza berdi.

Ushbu o‘zgarishlar G‘azodagi urushni to‘xtatish, Isroil harbiylarining u yerdan chiqib ketishi uchun xalqaro kafolat berish, G‘arbiy Sohilga bostirib kirishni to‘xtatish va Falastindan moliyaviy blokadani olib tashlashga olib kelishi kutilmoqda.

“Daryo” Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha mutaxassis Farhod Karimovning Falastin hukumatidagi o‘zgarishlar va Yaqin Sharqdagi yuz berayotgan voqealar rivoji haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.

Siyosatshunosning taʼkidlashicha, Yaqin Sharq mintaqasidagi mamlakatlar urushni to‘xtatish va Falastin davlatini tashkil etish borasida Isroil va AQSH bilan kelishuvga erishgan.

Siyosatshunosning fikr bildirishicha, yangi Falastin davlatining hukumati yangicha qarashdagi dunyoviy hukumat bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, oldinroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushdan keyin G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha o‘z rejasini birinchi marta Vazirlar Mahkamasiga taqdim etgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!