menu
Eronda qatl etilganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga oshdi — BMT
BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi hisobotida qayd etilishicha, 2023-yilda Eronda 834 kishi qatl etilgan

Eronda 2023-yilda qatl etilganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 43 foizga oshgan.

Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Javid Rahmonning so‘nggi hisobotida aytiladi.

42 sahifalik hisobotda 2023-yilda kamida 834 kishi qatl etilgani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, BMT Inson huquqlari kengashining 55-sessiyasi 20-fevral kuni boshlangan va 6-aprelgacha davom etadi.

Javid Rahmon huquqshunos olim bo‘lib, London Brunel universitetida islom huquqi va xalqaro huquq bo‘yicha professor sifatida faoliyat yuritadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!