qarashlar
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent IES atmosferaga chiqarayotgan tashlanmalar bo‘yicha hukumat, bosh prokuror va ikki vazirga deputatlik so‘rovi yubordi.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent IES aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarish jarayonida Toshkent shahri havosining ifloslanishiga sabab bo‘luvchi zararli moddalar chiqarilayotgani jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda.
Partiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha 22-fevral kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Bosh prokuratura vakillari hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Toshkent IES aksiyadorlik jamiyatida elektr energiyasi va issiqlik energiyasi uzilishlarining oldini olish maqsadida mazut yoqilg‘isidan foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud uskunalarning ma’nan eskirgani, atmosfera havosiga zararli moddalar ajralib chiqishining oldini olishga xizmat qiladigan texnologiyalarga zarurat borligi ham aniqlangan.
Mazkur holatdan kelib chiqib ishchi guruh tomonidan quyidagi mazmundagi tavsiyalar berilgan:
Bundan tashqari, Toshkent IES tomonidan atmosferaga chiqariladigan tashlanmalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi me’yorlariga rioya etishda qonun talablariga rioya qilinganlik holati hamda ushbu tashkilot rahbariyati harakatlari qonuniyligi yuzasidan Ekologik partiya fraksiyasi deputatlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga, bosh prokurorga, energetika vaziri va ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziriga deputat so‘rovi yuborilgan.
Ulardan asoslantirilgan tushuntirish berish, o‘z nuqtayi nazarini bayon etish so‘ralgan.
Comments
0 comment