menu
Durov Telegram’ni sotish taklifiga munosabat bildirdi
Potensial investorlar messenjerni 30 mlrd dollarga baholagan. Durov Telegram foydalanuvchilari sonini oshkor qildi

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer 900 million foydalanuvchiga egaligi va foyda olishga yaqinlashayotganini aytib, uni sotish ehtimolini rad etdi. Bu haqda u Financial Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bu Durovning 2017-yildan keyingi birinchi intervyusi hisoblanadi. U platforma oyiga 900 million faol foydalanuvchiga egaligi, 2021-yil boshida bu ko‘rsatkich 500 million bo‘lganini aytdi.

Messenjer asoschisining so‘zlariga ko‘ra, Telegram dunyodagi eng ommabop ilovalardan biriga aylangan va potensial investorlar, jumladan, oxirgi bosqichdagi global texnologiya fondlari loyihani 30 milliard dollarga baholagan.

Shu bilan birga, tadbirkor Telegram’ni sotish imkoniyatini rad etdi, biroq birjaga kirish ehtimolini e’lon qildi. Durov tafsilotlarni oshkor qilmadi, biroq kompaniya IPO maydoni uchun bir nechta variantlarni o‘rganayotganini ta’kidladi.

U yaqin kelajakda messenjer sun’iy intellekt algoritmlari yordamida moderatsiya tizimini yaxshilashini aytdi. Biroq Durov odamlar fikrlarini qanday ifodalashini nazorat qilmaslik kerak, deb hisoblaydi.

Tadqiqotchilarning ogohlantirishicha, Telegram jinoiy faoliyat, shuningdek, ekstremistik yoki terroristik kontent hamda feyk ma’lumotlar uchun o‘choq bo‘lib qolmoqda. Tanqidchilar Kreml Telegram’ga aloqador bo‘lishi yoki undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini taxmin qiladi, Durov esa bunday da’volarni rad etgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!