menu
“Daryo” dayjesti: 1-martning eng muhim xabarlari
“Daryo” nashri O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi

Buxoroda sodir bo‘lgan gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘lishi, davlat rahbari raisligida Xorazmda o‘tkazilgan yig‘ilish, “O‘zbekneftgaz” zapravkalari egasiga aylangan sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li – “Daryo” nashri bugun, 1-martda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.

Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatildi

Yerosti silkinishining episentri Quva tumanida joylashgan.

“O‘zgidromet” oltita viloyatda qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi

1—7-mart kunlari yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda advokat sudyaga 10 ming dollar pora berayotganida qo‘lga tushdi

Bu pul evaziga jinoyatda ayblanayotgan shaxsga yengillik qilib berishni so‘ragan.

Buxoroda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Yana bir nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Xorazm tadbirkorlari uchun qator imtiyozlar belgilandi

Xususan, eksportchilarga boshqa viloyatdan xomashyo yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlari 50 foizi qoplanadi, davlat mulki va yerlarini xususiylashtirishda 5 yil bo‘lib to‘lash imkoni beriladi.

Hazoraspda xitoylik investorlar bilan 300 mln dollarlik to‘rtta loyiha amalga oshiriladi

Ushbu loyihalar lak-bo‘yoq, shisha mahsuloti va elektrotexnika yo‘nalishiga taalluqli.

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga 1 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilish vazifasini qo‘ydi

Shuningdek, viloyat 600 mln dollarlik eksportni amalga oshirishi lozim bo‘ladi.

Xorazmga kirish uchun “O‘zbekiston – mening ikkinchi uyim” viza tizimi joriy qilinadi — Shavkat Mirziyoyev

Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining tushumi 3 yil davomida Xorazmning o‘zida qoldiriladi.

Xorazmda aholi uchun har bir tumandan 100 gektardan yer bo‘lib beriladi

Shuningdek, 10 ta kichik agrologistik markaz qurilib, tadbirkorlarga tayyor holda taklif qilinadi.

“Xorazm viloyatida tuproq yo‘llar umuman qolmasligi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Viloyatda elektr tarmoqlari, oqova suv tarmog‘ini yaxshilash choralari ham ko‘riladi.

Vakolati tugatilgan sudyalar, sudlarga turli vazifalar yuklayotgan deputatlar — Sudyalar oliy kengashining 2023-yildagi sarhisobi

Faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun 2023-yilda 49 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li “O‘zbekneftgaz” zapravkalari egasiga aylandi

Petroleum Technology Group kompaniyasi UNG Petro’ni qachon va necha pulga sotib olgani haqida xabar bermagan.

“Milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Urganchdagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi.

Farg‘onada fuqaro O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan laylakni parvarishlab kelayotgani aniqlandi 

Qush to‘liq tuzalgach, ochiq tabiatga qo‘yib yuborilishi aytildi.

Andijonda “prava”si bo‘lmagan shaxs Tracker’ni qarama-qarshi yo‘nalishda haydadi

Holat bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!