menu
Boylar uchun yadroviy urushdan himoyalovchi bunker quriladi (foto) 
Dunyoning 625 nafar eng boy odamini himoya qilish uchun mo‘ljallangan boshpanalar 300 million dollarga baholanmoqda

Vashington yaqinida (Virjiniya shtati, AQSH) yadro urushi yuz bergan taqdirda dunyoning 625 nafar eng boy odamini himoya qilish uchun Aerie (“Burgut uyasi”) nomli yerosti bunkeri qurilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda The Daily Mail.

Bunkerning qiymati 300 million dollarni tashkil etadi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bunker suzish havzalari, bouling, qoyaga chiqish devori, shuningdek, sun’iy intellektga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini o‘z ichiga oladi.

Bunker devorlarini portlashga chidamli qilish, ichkarisida esa qurolli soqchilar va zamonaviy harakat sensorlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda. 

Dunyoning eng boy odamlari uchun “qiyomat kuni bunkeri” qurish rejalarini SAFE (Strategically Armored & Fortified Environments) kompaniyasi e’lon qildi. Loyiha 2026-yilda ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Gazetaning ta’kidlashicha, bunday loyihalarga, jumladan, realiti-shou yulduzi Kim Kardashyan va media magnati Mark Sukerberg qiziqish bildirmoqda.

Kompaniya ushbu konsepsiyani AQSHning boshqa shtatlariga ham yoyishni rejalashtirmoqda.

Mijozlarga Aerie’da to‘rtta imtiyoz toifasi taklif etiladi. Nashrning ta’kidlashicha, hatto “boshlang‘ich daraja” ham muvaffaqiyatli rahbarlarga mo‘ljallangan, “boshpana a’zoligi” esa faqat taklifnoma asosidagina mumkin bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!