menu
Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi birinchi bo‘lib to‘liq tarkibda Parij—2024 yo‘llanmalarini naqd qildi 
Italiyada o‘tgan litsenzion turnirda o‘zbekistonlik bokschilar yo‘llanmalarni to‘liq qildi

Italiyaning Busto-Arsitsio shahrida boks bo‘yicha 1-jahon litsenzion musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

Unda qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga 5 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida 113 mamlakatdan faqatgina O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari 5 tadan yo‘llanmaga ega bo‘ldi. Mezbonlar 4 ta, Polsha jamoasi 3 ta litsenziyani naqd qilgan bo‘lsa, yana bir qator mamlakatlar 2 va 1 tadan (hatto, Kubada ham 1 ta) yo‘llanma bilan uyga qaytadigan bo‘ldi.

Umumiy hisobda Avstraliya boks bahslari uchun eng ko‘p yo‘llanma sohibi bo‘lib turibdi. “Yashil qitʼa” vakillarining 12 nafar (6 erkak va 6 ayol) aʼzosi Parij—2024 ishtirokchisiga aylangan. Biroq jamoa raqobat deyarli yo‘q bo‘lgan Okeaniya mintaqasi uchun tashkil etilgan musobaqada litsenziyalarga ega chiqqanini inobatga olish kerak. Qolgan yetakchi jamoalar hisobidagi yo‘llanmalar quyidagicha:

1-jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatsizlik hozirda Kuba jamoasi inqirozni boshdan o‘tkazayotganini yana bir karra ko‘rsatdi. Naqd 41 ta Olimpiya o‘yinlari chempionlarini yetishtirib bergan ushbu jamoa hisobida Parij—2024 O‘yinlariga hozircha 4 ta litsenziya bor, xolos.

Qayd etish joiz, Italiyadagi turnirdan so‘ng erkaklar jamoasidagi yo‘llanmalar to‘liq bo‘ldi – 7 ta. Bu borada yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, hali hech bir jamoa erkaklar o‘rtasidagi barcha vazn toifalarida rejani to‘liq bajarmadi. Qizlar hisobida hozircha 2 ta yo‘llanma mavjud. 23-may – 3-iyun kunlari Tailandda o‘tadigan 2-jahon litsenzion turnirida 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi qizlar ishtirok etadi.

Yakunda Xanchjou—2022 yozgi Osiyo o‘yinlari va Italiyadagi turnir orqali Parij—2024 litsenziyalarini naqd qilgan o‘zbekistonlik bokschilarni eslatib o‘tamiz:

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!