menu
Belgiyada mahbuslar jazoni “masofadan” o‘tashlari mumkin bo‘ladi
Terrorizm yoki jinsiy tajovuz jinoyatlarini sodir etgan mahbuslar uchun jazoni uyda o‘tash nazarda tutilmagan

Qamoqxonalardagi gavjumlik tufayli Belgiya hukumati mahbuslarni uyga ozod etishga qaror qildi — bir oylik qamoqni bir oylik uy qamog‘i bilan almashtirish mumkin. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Euronews xabar berdi.

Belgiya qamoqxonalarning haddan tashqari gavjumligi bilan kurashish maqsadida ba’zi mahbuslarga bir oy panjara ortida va bir oy uy qamog‘ida o‘tirishga ruxsat beradi. Mahkumlar soni mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalari imkoniyatlaridan ortib ketgan. Qamoqxonadagi 10 700 joyga 12 300 mahbus to‘g‘ri keladi.

Tanqidchilarga ko‘ra, vaziyat unchalik og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun qamoq jazosini belgilovchi yangi siyosat tufayli yuzaga kelgan.

Terrorizm yoki jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari sodir etganlikda ayblangan, shuningdek 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar uchun jazoni uyda o‘tash nazarda tutilmagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!