menu
BAAda havo harorati rekord darajada pasaydi
Rasmiylar yaqinlashib kelayotgan noqulay ob-havo tufayli odamlarni transport vositalarini himoya qilish haqida ogohlantirgan

Birlashgan Arab Amirliklarida 2-mart kuni havo harorati eng past darajani qayd etdi. Ras al-Xaymadagi Jebel Jais tog‘ida termometr +2,3 darajagacha pasaydi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 2-mart kuni mamlakatdagi boshqa eng past haroratlar Jabal Al-Rahba va Mebre tog‘ida mos ravishda 4,5 va 5,5 darajada kuzatilgan. BAA rasmiylari yaqinlashib kelayotgan noqulay ob-havo tufayli odamlarni transport vositalarini himoya qilishga chaqirgan. Al-Ayn shahrida ko‘plab haydovchilar do‘l yog‘ishidan himoya qilish uchun mashinalariga matras, odeyal va gilam yopgan. 

Fevral oyida Al-Ayn shahrida kuchli do‘l yog‘ib, uylar va avtomobillarga jiddiy zarar yetkazgandi. Jumladan, ko‘plab uylarning oynalari singan, avtomobillarning old oynalari darz ketgan, mashina kuzovida izlar qolgan.

BAA Milliy meteorologiya markazi sinoptiklari 4 va 5-mart kunlari momaqaldiroq chaqib, yomg‘ir yog‘ishini prognoz qilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!