menu
Atrof-muhit faollari Berlinning bir qismini elektrsiz qoldirdi 
Ekofaollar Gryunxeyddagi 12,5 ming xodimga ega Tesla avtomobil zavodiga o‘t qo‘yib, uni ishdan chiqargan

Tesla zavodi, Ekner shahri va Berlinning ikki hududi seshanba kuni atrof-muhit faollari tomonidan podstansiyaga o‘t qo‘yilishi natijasida elektr energiyasisiz qoldi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Shtaynfurtdagi podstansiyada yong‘in mahalliy vaqt bilan taxminan 4:50 da sodir bo‘lgan. O‘t qo‘yish joyi hozirda portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda.

RBB24 ga ko‘ra, Germaniya poytaxtida Vilgelmshagen va Ransdorf tumanlari elektr energiyasisiz qolgan. DPA kompaniya vakiliga tayanib, Berlin yaqinidagi Tesla avtomobil zavodida elektr taʼminotidagi uzilish tufayli ishlab chiqarish to‘xtatilgani va zavod evakuatsiya qilinganini xabar qilgan.

O‘tgan haftada 100 ga yaqin atrof-muhit faollari Tesla zavodiga tutash o‘rmonga joylashib, kompaniya faoliyatiga norozilik bildirgan edi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!