menu
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamda To‘rabek Habibullayev Parij—2024da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi
Bokschilar Italiyada bo‘lib o‘tgan litsenzion turnirdagi muvaffaqiyati tufayli Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi

Italiyada boks bo‘yicha jahon litsenzion turniri bo‘lib o‘tdi.

Boks bo‘yicha jahon chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg) musobaqaning hal qiluvchi bosqichida iordaniyalik Ziyad Ishaishni mag‘lub etib, Parij—2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 

Shuningdek, Xanchjou—2022 Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibi To‘rabek Habibullayev (-80 kg) kolumbiyalik Xuan Ortisdan ustun kelib, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasi ishtirokchilari qatoridan joy oldi. 

Avvalroq, Ruslanbek Abdullayev, Lazizbek Mullajonov hamda Sabina Boboqulovalar litsenzion turnirda Parij—2024 yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!