qarashlar
AQSH harbiy samolyotlar yordamida G‘azo sektori aholisiga havo orqali gumanitar yordam yetkazish bo‘yicha birinchi operatsiyani amalga oshirdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlardan oldin boshqa davlatlar ham havodan gumanitar yuk tashlagan. AQSHning uchta C-130 samolyoti BMT ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 576,000 kishi ochlikdan aziyat chekayotgan hududga 38,000 dan ortiq porsiyada ovqat yetkazib bergan. Konteynerlar parashyut bilan tashlangan.
1-mart kuni AQSH prezidenti Jo Bayden G‘azoga gumanitar yordamni havo orqali yetkazish rejasini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u hozirda sektorga kelayotgan yordamni yetarli emas, deb atagan. Oq uy bunday missiyalar muntazam bo‘lishini da’vo qilmoqda va Isroil buni qo‘llab-quvvatlaydi, deb yozadi Reuters.
29-fevral G‘azoda gumanitar karvon atrofida to‘plangan 110 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgandi. HAMAS falastinliklarni Isroil harbiylari nishonga olganini ma’lum qilgan. Isroil esa odatdagiday o‘ziga qarshi ayblovlarni rad etgan.
Comments
0 comment