qarashlar
AQSH prezidenti Jo Bayden ikkinchi muddatga qayta saylansa, Ukrainaga Amerika qo‘shinlarini yuboradi. Bu haqda amerikalik milliarder Devid Saksga tayanib, “Izvestiya” xabar berdi.
“Yagona tabu”, deydi u, AQSH quruqlikdagi qo‘shinlarini yuborishi bo‘lib qolmoqda. Biroq milliarderning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron allaqachon bu mavzuni ko‘targan. Bundan tashqari, Ukrainada NATO maxsus kuchlari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumotlar bor.
2022-yil mart oyida Bayden Amerika qo‘shinlari bilan Ukrainaga jangovar texnika, samolyot va tanklarni yuborish uchinchi jahon urushi boshlanishini anglatishini aytgandi. 2023-yil fevralida Bayden F-16 qiruvchilarini Ukraina armiyasiga topshirishni rad etdi, chunki ularga “kerak emas”ligini aytdi.
Shu bilan birga, Amerika Abrams tanklarining birinchi partiyasi 2023-yil sentyabr oyida Ukrainaga yetkazib berildi; jami AQSH Kiyevga 31 ta tank berishni va’da qilgan.
2023-yil avgust oyida AQSH Daniya va Niderlandiyadagi F-16 samolyotlarini Ukrainaga topshirishni ma’qulladi; Ukraina harbiy uchuvchilarni tayyorlash tugagandan so‘ng ular aviatexnikalarni uchinchi mamlakatlardan qabul qiladi.
AQSHda prezidentlik saylovlari shu yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadi. Respublikachilar partiyasidan nomzodlikka Donald Tramp va Nikki Xeyli da’vogarlik qilmoqda. Bayden Demokratik partiyadan qayta saylanish niyatida ekanini bildirgan.
Comments
0 comment