menu
APL. “Chelsi” uyida “Nyukasl”ni mag‘lub etdi (video)
Futbol bo‘yicha 11-mart, dushanba kuni Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bahs bo‘lib o‘tdi

Futbol bo‘yicha 11-mart, dushanba kuni Angliya Premyer Ligasining 28-turidan o‘rin olgan bahs bo‘lib o‘tdi. Unda Londonning “Chelsi” jamoasi “Nyukasl”ni qabul qildi. 

Uchrashuvning 6-daqiqasida Nikola Jekson Palmerning ajoyib to‘p oshirishidan hisobni ochdi. 43-daqiqada Aleksandr Isak hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi bo‘limning boshida Palmer uzoqdan zarba yo‘llab hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi. 76-daqiqada Mudrik bir necha futbolchilar orasidan o‘tib chiroyli gol urdi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasiga kelib Merfi hisobni yakuniy ko‘rinishga olib keldi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Chelsi” jamoasi o‘z ochkolari hisobini 39 taga yetkazdi va 11-o‘rinni saqlab turibdi.

APL

28-tur bahsi

11-mart, dushanba

“Chelsi” — “Nyukasl” 3:2

Gollar: 1:0 – Jekson (6), 1:1 – Isak (43). 2:1 – Palmer (58), 3:1 – Mudrik (76), 3:2 Merfi (90).

“Chelsi” – Petrovich, Gyusto, Chaloba, Disasi, Kukurelya, Chukvuemeka, Gallaher, Fernandes, Palmer (Kazadey, 86), Kaysedo, Sterling (Mudrik, 71), Jekson (Chukvumueka, 90+1). 

“Nyukasl” – Dubravka, Livramento, Sher, Botman, Bern (Kraft, 69), Bruno Gimaraes (Uayt, 81), Longstaff, Uillok (Mayli, 80), Almiron (Anderson, 69), Gordon (Merfi, 36), Isak.

Ogohlantirishlar: Sterling (39), Petrovich (71), Kaysedo (72), Uayt (90+6).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!