menu
Amazonkada o‘rmonlar kesilishi 30 foizga kamaydi
Braziliya prezidenti 2030-yilgacha o‘rmonlar kesilishiga butunlay chek qo‘yishga va’da bergan edi

Braziliyaning Amazon tropik hududida o‘rmonlar kesilishi fevral oyida o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga qisqardi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

INPE kosmik tadqiqotlar agentligining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy dunyodagi eng katta tropik o‘rmonning 226 kvadrat kilometr (87 kvadrat milya) maydonida daraxtlar kesilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida kesilgan rekord 322 kvadrat kilometrdan sezilarli darajada kamaygan.

Bundan tashqari, o‘rmonlar kesilishining qisqarish surʼati atmosferaga 250 million tonna karbonat angidrid gazi chiqishining oldini olgan.

Braziliya prezidenti Lula da Silva 2030-yilgacha o‘rmonlar kesilishiga butunlay chek qo‘yishga va’da bergan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!