menu
Afg‘onistonda kuchli qor va sovuqdan 30 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi 
Shuningdek, “Tolibon” o‘tgan 12 kun ichida noqulay ob-havo sababli 20 kishi halok bo‘lganini aytmoqda

Afg‘onistonning yetti viloyatida kuchli qor va sovuq oqibatida 30 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Balx, Panjshir, Sarpol, Faryob, Samangan, Taxar va Qandahorda 30 ming 858 bosh qoramol nobud bo‘lgan. “Tolibon” rasmiylari Balx viloyatda bir necha kun ichida 11 418 bosh qoramol nobud bo‘lganini aytgan. Rasmiylar transport yo‘llarini qordan tozalash, viloyatning chekka hududlarida qolgan aholiga chorva yemi va oziq-ovqat yetkazib berish harakatlarini boshlagan.

Panjshirda esa kuchli qor yog‘ishi va sovuq havo tufayli 10 ta uy zarar ko‘rgan, 100 bosh qoramol nobud bo‘lgan. Sarpol, Faryob va Samanganda yo‘qotishlar soni kamida 12 ming qoramol ekani aytilmoqda. Taxarda 1670 bosh, Qandahorda esa 5670 bosh qoramol nobud bo‘lgan.

“Tolibon” tabiiy ofatlarga qarshi kurash vazirligi matbuot kotibi Janan Saiq o‘tgan 12 kun ichida mamlakatda kuchli qor yog‘ishi va qattiq sovuq tufayli kamida 20 kishi halok bo‘lgani va yana 14 kishi jarohatlanganini aytdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!