26
qarashlar
qarashlar
Zavod 2016-yilda ishga tushirilgan
Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘g‘li Komilov Doniyor Abdulazizovichga tegishli kompaniya Petroleum Technology Group MCHJ endilikda “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MCHJni sotib oldi.
Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 2016-yilda ishga tushirilgan. Zavod 2022-yilda sotuvga chiqarilgan, 2023-yil boshida xaridorlardan takliflar qabul qilingandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirishning keyingi taqdiri haqida boshqa axborot taqdim etmagan.
Maʼlumot uchun, Komilov Doniyor Abdulazizovichga tegishli Petroleum Technology Group MCHJ avvalroq O‘zbekistonda 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Comments
0 comment