menu
“Zaxira mablag‘dan olingan, qolaversa, hokim 2 yil xizmat avtomobilisiz yurgan”. Angor hokimining Captiva-5 xaridiga izoh berildi 
Mas’ullarning bildirishicha, Angor tumani hokimi ikki yil davomida xizmat avtomobilisiz yurgan. Shu sabab xarid amalga oshirilgan

Surxondaryoda hokim “ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan Captiva-5 olgani haqida xabar berilgandi. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatovning “Daryo”ga bildirishicha, avtomobil xaridi uchun sarflangan mablag‘ tuman zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan. 

Tuman hokimligining 2024-yil 12-fevraldagi qaroriga asosan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 340 million so‘mga Captiva-5 rusumli avtomashina xarid qilingan. Tuman zaxira jamg‘armasi mablag‘lari byudjet kodeksining 73-moddasi 7-xatboshi talablariga muvofiq sarflangan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori talablari asosida xarid qilingan, — deyiladi Angor tumani hokimligi axborot xizmatining rasmiy bayonotida.

Ta’kidlanishicha, hokimlik xaridni davlat xaridlari elektron tizimining shartnoma tuzish platformasi orqali amalga oshirgan. 

Mas’ullarning bildirishicha, Angor tumani hokimi ikki yil davomida xizmat avtomobilisiz yurgan. Shu sabab xarid amalga oshirilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!