10
qarashlar
qarashlar
“Mingyillik she’riyat” nomli animatsiyali shou 26 qismdan iborat bo‘lib, matnni videoga o‘giradigan neyrotarmoqlar yordamida yaratilgan
China Media Group telekompaniyasi to‘liq ravishda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan xitoy tilidagi multserial namoyishini boshladi. Bu haqda “Pravila Jizni” nashri xabar bermoqda.
26 qismdan iborat “Mingyillik she’riyat” multseriali Xitoy she’riyati, afsonalari va tarixiy hikoyalarini o‘zida mujassam etadi. Undagi 200 dan ortiq she’rlar maktab dasturidan olingan bo‘lib, har bir epizod o‘rtacha 7 daqiqa davom etadi.
Multserialni yaratishda OpenAI’ning Sora dasturi va China Media kompaniyasining CMG Media GPT sun’iy intellektidan foydalanilgan. Ushbu dasturlar turli ko‘rinishdagi matn va audio materiallarni video formatga o‘zgartira oladi.
Comments
0 comment