menu
Xalqaro anjuman doirasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4-15 mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Standartlashtirish Byurosi 13 tadqiqot komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning 4-15 mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Standartlashtirish Byurosi 13 tadqiqot komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Avval xabar berganimizdek, mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda. 

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i, XEI Standartlashtirish Byurosi 13 tadqiqot komissiyasi (Kelajak tarmoqlari) raisining o‘rinbosari O. Asadov va "O‘zTTBRM” davlat unitar korxonasi direktori U. Shakirov bilan XEI Standartlashtirish Byurosi 13 tadqiqot komissiyasi raisi Kazunori Tanikava va 13 tadqiqot komissiyasi  maslahatchisi Tatyana Kurakovalar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga va mustahkamlashga qaratilgan qator takliflarni muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida esdalik sovg‘alari topshirildi.

Reklama huquqi asosida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!