9
qarashlar
qarashlar
Yerosti silkinishining episentri Chinoz tumanida joylashgan
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 11:52 da zilzila sodir bo‘lgan. Episentr: Toshkent viloyati, Chinoz tumani. Zilzila koordinatalari: 41,73 gradus shimoliy kenglik; 70,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,6. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 96 kilometr shimoliy-sharqda.
1-mart kuni Farg‘ona va Andijon viloyatlarida 3,5 magnitudali zilzila kuzatilgandi. Undan oldin esa Xitoy—Qirg‘iziston chegarasida 22-yanvar va 30-yanvar kunlari sodir bo‘lgan zilzila kuchi ham O‘zbekistonda sezilgandi.
Comments
0 comment