menu
Said Olimxon boyliklari qancha bo‘lgani va ular qayerga yo‘qolgani haqida maʼlumot berildi 
Tarixchi Ixtiyor Esonov “Mushtum” jurnalida chop etilgan maqolasida Buxoroning so‘nggi amiri xazinasidan topilgan boyliklar haqidagi tarixiy faktlarni keltirdi

Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxon 1920-yilda toj-u taxtini yo‘qotgach, xazinadan o‘zi bilan 10 tonna oltinni olib chiqib ketgan. Bu haqda tarixchi Ixtiyor Esonov “Mushtum” jurnalida chop etilgan maqolasida maʼlumot berdi.

 

Tarixchining yozishicha, Buxoro amirining boyliklari miqdori va ular qayerga yo‘qolgani haqida turli afsonalar bor. Biroq o‘sha davrda qizil bolsheviklar tuzgan hujjatlardan amir boyliklari qancha bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

Ixtiyor Esonov bolsheviklarning tarixiy hujjatlariga ishoniladigan bo‘lsa, bu boyliklar ro‘yxati 48 varaqli aktda yozilganini maʼlum qilgan.

Boyliklar ichida quyidagilar bo‘lgan:

Bundan tashqari, turli xil o‘lchamlardagi inju, qahrabo, laʼl, zumrad kabi taqinchoqlar, uzuk, sirg‘a va baldoqlar kabi va yana boshqa bir qancha qimmatbaho boyliklar bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Said Mir Muhammad Olimxon 1880-yilning 3-yanvar kuni Buxoroda tug‘ilgan. U Buxoro amirligini 1910–1920-yillarda boshqargan so‘nggi o‘zbek mang‘it hukmdori hisoblanadi. Amir Olimxon 1920-yilda qizil armiya Buxoroni egallab olganda amirlikning sharqiga, keyinroq esa Afg‘onistonga qochib ketadi va umrining oxirigacha (1944-yilning 5-may) Qobulda yashaydi. Hozirda uning ko‘p sonli avlodlari AQSH, Turkiya, Germaniya, Afg‘oniston va boshqa davlatlarda istiqomat qilishi aytiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!