menu
Sabina Boboqulova Parij—2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 
O‘zbekistonlik bokschi litsenzion turnirda yaponiyalik raqibini mag‘lub etdi

Italiyada boks bo‘yicha jahon litsenzion turniri bo‘lib o‘tdi.

-50 kg vazndagi o‘zbekistonlik bokschi Sabina Boboqulova o‘zining hal qiluvchi bahsida yaponiyalik Rinka Kinoshitaga qarshi bahs olib bordi va hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Boboqulova Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq, Ruslanbek Abdullayev hamda Lazizbek Mullajonovlar litsenzion turnirda Parij—2024 yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!