menu
“Rossiya va AQSH koinot sohasida hali ham hamkorlik qilmoqda” — Rossiya rasmiysi
Xabarda aytilishicha, mamlakatlar uzoq muddatli hamkorlikni nazarda tutgan yangi shartnoma borasida ham ish olib bormoqda

Rossiya va AQSH kosmosda, xususan, Xalqaro kosmik stansiya loyihasi doirasida hamkorlikni davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov 4-mart kuni maʼlum qildi. “TASS” bu haqda xabar bermoqda.

“Biz koinot bo‘yicha xalqaro muloqotga ochiqmiz. Biz hozirgi qiyin sharoitda ham AQSH bilan hamkorlikni davom ettiryapmiz”, — degan yuqori martabali Rossiya rasmiysi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya davlat aerokosmik korporatsiyasi Roskosmos NASA bilan hamkorlikdagi o‘zaro parvozlar dasturini 2025-yilgacha uzaytirgan. Mamlakatlar uzoq muddatli hamkorlikni nazarda tutgan yangi shartnoma borasida ham ish olib bormoqda.

Ukrainadagi urush sharoitida ikki mamlakat manfaatlariga javob beruvchi bu hamkorlik tomonlarni to‘la qarama-qarshilikdan saqlab turadigan omil sifatida ko‘rilmoqda. Siyosiy raqobat ilmiy-texnik hamkorlikka ta’sir etmagani aytilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!