menu
O‘zbekistonda qancha fuqaro koronavirusdan vafot etgani maʼlum qilindi
Jahonda koronavirusdan zararlangan 703,8 mln bemordan 7 mln dan ortig‘i vafot etgan

Jahonda koronavirusdan zararlangan 703,8 mln bemordan 7 mln dan ortig‘i vafot etgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra O‘zbekistonda kasallanish 261 ming 085 nafarga yetdi, sog‘ayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637 nafar (0,06%) fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan. 

Kasallikning tarqalganlik darajasi 1,0 ni tashkil etmoqda. JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi.

Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43% holatda kasallangan oila aʼzosi yoki qarindoshlari, 6-7% holatda bemor qo‘shnilari, 10-12% holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5% holatda ish joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda.

Virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillarning 100 foizida omikron shtammi aniqlangan. 

2023-yil davomida qizamiqqa qarshi jami 1 mln 575 ming 558 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 879 ming 314 nafari 1 yoshdagi va 696 ming 244 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epidemik parotit+qizilcha infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida emlandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!