menu
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamaygani ma’lum qilindi
Respublikaning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatida 2023-yil yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.

2023-yilning dekabr oyida vazirlik huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikaning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 million 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023-yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.

O‘zbekistonda 2023-yil sarhisobiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 14,1 foizdan 11 foizgacha pasaygandi. Aholi bandlik darajasini oshirish, ishsizlikni hal etish masalalari kambag‘allikni qisqartirishning taʼsir omillaridir.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!