menu
Nodirbek Abdusattorov Chexiyadagi turnirda birinchi mag‘lubiyatni qabul qildi 
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Nodirbekning ochkolari 4 taligicha qoldi

Chexiya poytaxti Praga shahrida Prague International Chess Festival turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha, 4-mart kuni ushbu musobaqaning 6-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Rameshbabu Pragnanandhuga qarshi dona surdi va yakunda raqibiga kichik xato sabab mag‘lub bo‘ldi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Parham Maghsoodloo ham mag‘lubiyatga uchradi. 

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Nodirbekning ochkolari 4 taligicha qoldi. Parham Maghsoodlooning ochkolari soni esa 3,5 taligicha qoldi. Abdusattorovni mag‘lub etgan Pragnanandhu ham ochkolari sonini 3,5 taga yetkazib oldi. 

Nodirbek Abdusattorov bugun musobaqaning 7-turidan o‘rin olgan bahsda Keymer Vinsentga qarshi dona suradi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!