menu
Navoiyda ko‘p qavatli xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi (video) 
Hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda

Navoiy shahrida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, 11-mart kuni soat 09:25 da Navoiy shahri “Umid” mahallasi, G‘alaba shohko‘chasidagi xonadonlardan birining  40 kv/m maydonida ichki qismi hamda uy jihozlari yongan. Yong‘indan yashash uyining 20 kv/m maydoni saqlab qolingan.

Voqea joyiga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 09:31da yetib borib, 09:34 da o‘rab olingan va 09:41da yong‘in o‘chirilgan. Voqea joyiga shahar FVBdan 4 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish qismidan hodisa sodir bo‘lgan manzilgacha masofa 4 kilometrni tashkil etadi. Hozirda voqea sababi va zarari aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!