menu
“Men boshqa davlatlar dollardan voz kechishiga yo‘l qo‘ymayman” — Donald Tramp
Sobiq prezidentning so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington “bu standartni yo‘qotsa, bu inqilobiy urushni yutqazish bilan barobar” bo‘ladi

Donald Tramp, agar u AQSHdagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, boshqa mamlakatlarning Amerika dollaridan voz kechishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda u CNBC telekanalida ma’lum qildi.

“Men boshqa mamlakatlarning dollardan voz kechishiga yo‘l qo‘ymayman”, — dedi u.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington “bu standartni yo‘qotsa, bu inqilobiy urushni yutqazish bilan barobar” va AQSH uchun bu jiddiy zarba bo‘ladi.

“AQSH bunga yo‘l qo‘ya olmaydi. Hozirda juda ko‘p davlatlar dollardan uzoqlashish uchun kurashmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi sobiq prezident.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!