menu
Kanadalik talaba ijara haqini tejash uchun universitetga samolyotda qatnamoqda
Parvoz qilish talabaga ikki barobar arzonga tushadi

Vankuverdagi Britaniya Kolumbiyasi universiteti talabasi Tim Chen shahardagi ijara haqi narxlari oshgani uchun ona shahridan o‘qishga qatnashga qaror qildi. Ilgari talaba o‘z universiteti joylashgan Vankuverda uyni ijaraga olgan bo‘lsa, hozirda universitetga haftasiga ikki marta samolyotda borib keladi. Bu haqda CTV xabar bermoqda.

Tim talabalikning uch yilini Vankuverda o‘tkazdi va ta’tildan keyin kuzda qaytib kelgach, ijaraga pul sarflamaslikka qaror qildi. 

So‘ng Tim Chen ota-onasi bilan Kalgari shahrida qolishga va yig‘gan puliga muntazam ravishda Vankuverga samolyot chiptalarini sotib olishga qaror qildi. U haftasiga ikki marta uch soatlik mashg‘ulotlarga keladi va bir marta borib-kelish chiptasi unga 150 dollarga tushadi. Oyiga jami 1,2 ming dollar pul sarflanadi.

“Parvoz bir soat va qirq daqiqa vaqtni oladi. Bu xuddi avtobusda borib kelgandek vaqtdir”, — dedi Tim. Yigit o‘quv yilining oxirigacha shunday tartibda o‘qishni rejalashtirmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!