menu
Jizzaxdagi maktabda tanbeh berish uchun doskaga chiqarilgan 1-sinf o‘quvchisi hushidan ketdi
Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi maktabda o‘qituvchisi tanbeh bergan 1-sinf o‘quvchisi hushidan ketdi. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. 1-sinf rahbari S.S. imtihon olgan vaqtida, qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilarni doska yoniga chiqarib, ularga tanbeh bergan, shu sinf o‘quvchisi o‘zini tuta olmasdan yiqilib tushgan.

Ayni paytda hodisa yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv harakatlari Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!