menu
Isroilda vazirlar va armiya rahbari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi — OAV
G‘azoda quruqlikda operatsiya boshlashga vazirlar qarshilik ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

Isroil Vazirlar mahkamasining yig‘ilishida vazirlar va Isroil armiyasi rahbari Gerzi Halevi o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, bir qancha vazirlar Haleviga noroziligini bildirib, Isroilning G‘azodagi quruqlikdagi amaliyoti samarasiz va juda sekin o‘tganini ta’kidlagan. Vazirlar Rafahning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq xatoga ham ishora qilgan. Bunga javoban Halevi G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiya boshlash zarurligini aynan armiya va xavfsizlik xizmatlari ta’kidlagani, vazirlar esa bunga qarshi bo‘lganini eslatgan.

Isroil armiyasi vakili tegishli ziddiyat bo‘yicha batafsil munosabat bildirishdan bosh tortgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!