menu
Husiylar Yaman suvlariga kiradigan kemalarga hujum qilmaslik shartini aytdi
Ular kemalarning xavfsiz harakatlanishi uchun yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qildi

Yaman shimolidagi hukmron Ansor Alloh (husiylar) harakati telekommunikatsiya vaziri Misfer al-Numayr 4-mart kuni kemalar Yaman suvlariga kirishdan oldin ularning nazoratidagi boshqarmadan ruxsat olishlari kerakligini aytdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Husiy jangchilari Isroilning G‘azo sektoridagi hujumiga qarshi falastinliklar bilan birdamlikda harakat qilayotganliklarini aytgan. Ular noyabr oyi o‘rtalaridan beri Adan ko‘rfazida xalqaro tijorat kemalariga hujum qilib kelmoqda. Kundalik hujumlar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi janglar butun Yaqin Sharqni beqarorlashtirishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan. Bunga javoban AQSH va Buyuk Britaniya husiy obyektlariga bir necha bor zarba bergan.


Gonkongda joylashgan HGC Global Communications’ning 4-martdagi xabariga ko‘ra, kamida to‘rtta suvosti aloqa kabeli — Osiyo—Afrika—Yevropa 1, Yevropa—Hindiston Gateway, Seacom va TGN-Gulf - o‘tgan hafta Qizil dengizda shikastlangan. Kompaniyaning hisobot berishicha, zarar Qizil dengiz ostidan o‘tadigan ma’lumotlar trafigining 25 foiziga ta’sir ko‘rsatgan.

Al-Numayra vazirligi kabellarning shikastlanishida AQSH va Buyuk Britaniyani ayblagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!