menu
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolardan shubhali diniy mazmundagi materiallarni tarqatmaslikni so‘ramoqda
O‘tgan yillar davomida olib borilgan monitoring natijalari fuqarolardagi ishtiyoqdan turli ekstremistik tashkilotlar aholi orasida o‘zlariga tegishli bo‘lgan kontentlarni keng tarqatishga harakat qilishini ko‘rsatmoqda

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolardan dinshunoslik ekspertizasidan ijobiy xulosa olinmagan hamda shubhali diniy mazmundagi mediamahsulotlarni yuklab olmaslik va tarqatmaslikni so‘ramoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi

Maʼlum qilinishicha, ramazon oyida fuqarolarda diniy amallarni bajarishga, ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-birlariga ramazon oyi tabrigi, mazkur oyda qilinadigan amallar, ro‘zaga oid turli fatvolar hamda boshqa shu kabi diniy mazmundagi materiallarni tarqatish, shuningdek, internet tarmog‘iga yuklash holatlari tabiiy ravishda ortadi. 

Qo‘mitaning xabarida qayd etilishicha, o‘tgan yillar davomida olib borilgan monitoring natijalari fuqarolardagi bu ishtiyoqdan turli ekstremistik, terroristik tashkilotlar hamda aqidaparast shaxslar doim g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanib, aholi orasida o‘zlariga tegishli bo‘lgan kontentlarni keng tarqatishga harakat qilishini ko‘rsatmoqda. 

Mazkur holatlarni inobatga olgan holda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolardan dinshunoslik ekspertizasidan ijobiy xulosa olinmagan hamda shubhali diniy mazmundagi audio, video va boshqa turdagi mediamahsulotlarni internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalaridan yuklab olmaslik va tarqatmaslikni so‘ramoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!