menu
Buyuk Britaniyaga ishga ketish uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi e’lon qilindi 
2024-yil iyun—dekabr oylarida ishga joylashtirish rejalashtirilgan

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi 2024-yilda Buyuk Britaniyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi

Xabar berilishicha, Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash istagidagi nomzodlar 17-fevral soat 9:00 dan 18:00 gacha Labor-migration dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Nomzodlar uchun muhim ma’lumotlar:

Ro‘yxatdan o‘tishda @gmail.com bilan yakunlanuvchi elektron pochta va +998 bilan boshlanuvchi xalqaro telefon kodi bilan raqamlarini ko‘rsatish (Mobiuz mijozlari uchun foydalanishda uzilishlar bo‘layotgani sababli boshqa provayderlar orqali ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi), xorijga chiqish pasporti bo‘lishi va barcha ma’lumotlar ushbu pasportdagidek lotin harflarida kiritilishi shart (aks holda nomzod keyingi bosqichga qo‘yilmaydi).

Murojaat uchun: 71 202 33 55 yoki 1282 qisqa raqami.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!