menu
Aqto‘beda o‘zbekistonliklar nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi
Avtobusda jami 17 nafar fuqaro bo‘lgan

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari evakuatsiya qilindi. Bu haqda 10-mart kuni mamlakat FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, texnik nosoz avtobus Qorabutak-Komsomol-Kostanay avtomobil yo‘lining 80-kilometrida to‘xtab qolgan. Unda O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan 17 nafar fuqaro bo‘lgan.

Ular yaqin atrofdagi masjidga evakuatsiya qilingan. Fuqarolar tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmagan.

14-yanvar kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli to‘xtab qolgan avtobusdan 55 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingandi. 15-fevral kuni esa Aqmo‘la viloyatida avtobus buzilishi oqibatida yo‘lda qolib ketgan 27 nafari o‘zbekistonlik evakuatsiya qilingandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!