menu
“Aqlli” soat tunda yechib qo‘yilmasa nima bo‘ladi? Shifokor ogohlantiradi
Umumiy amaliyot shifokori “aqlli” soatlar va qo‘lga taqiladigan boshqa predmetlarni doimiy ravishda yechmay yurish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushuntirib berdi

Shifokor Natalya Belovaning so‘zlariga ko‘ra, “aqlli” soatlarni tunda ham taqish tavsiya etilmaydi. Bu haqda “Noviy ochag” nashri xabar bermoqda.

Shifokor-terapevtning ta’kidlashicha, kuniga 24 soat davomida bilakka biror narsa taqish zararli, chunki zich bog‘langan soat va turli brasletlar tomir va nervlarga bosim o‘tkazadi. Bu juda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, doimiy soat taqish terining shikastlanishiga, uning ostida chang, suv, bakteriyalarning yig‘ilib qolishiga olib keladi. Bularning barchasi teri infeksiyalari ko‘payishi uchun qulay muhitdir.

Shu sababli shifokorlar kechasi nafaqat “aqlli” soatlarni, balki zargarlik buyumlarini ham yechib uxlashni tavsiya etadi. Chunki tunda aqlli soatlar yordamida yurak urishi, qadamlar kabi fiziologik ko‘rsatkichlarni o‘lchashdan naf yo‘q.

Avvalroq Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti olimlari “aqlli” soatlar Parkinson kasalligini juda erta bosqichlarda — ilk alomatlar paydo bo‘lishidan yetti yil avval aniqlash imkonini berishini isbotladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!