menu
Afg‘onistonda masjid mullasi diniy saboqni bilmagan bolaning qulog‘ini kesib tashlagani xabar qilindi
“Tolibon”ning xavfsizlik qo‘mondoni matbuot kotibi Abdul Rahmon Badri bu daʼvoni rad etib, bolaning qulog‘ini otasi kesib tashlaganini aytdi

Afg‘onistonning G‘or viloyatida masjid mullasi yosh bolaning qulog‘ini pichoq bilan kesib tashlagani ma’lum qilindi.

Bu voqea 8-mart, juma kuni G‘or viloyati markazi Firoz Ko‘h shahri yaqinidagi Yor fulad qishlog‘idagi masjid mullasi tomonidan sodir etilgan.

Bolaning qulog‘i kesilishiga diniy saboqni bilmagani sabab bo‘lgani xabar qilinmoqda.

“Tolibon”ning G‘or viloyatidagi xavfsizlik qo‘mondoni matbuot kotibi Abdul Rahmon Badri bu daʼvoni rad etib, bolaning qulog‘ini otasi kesib tashlaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bolaning otasi ruhiy kasallikka chalingan va ahvoli beqaror bo‘lgani uchun bolaning qulog‘ini kesib tashlagan.

G‘or politsiyasi vakilining qo‘shimcha qilishicha, bu bola davolanish uchun shifoxonaga olib ketilgan. Hozirda holat yuzasidan tekshiruvlar boshlangan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!